AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatidagi gaz "zapravka"ga kelgan "Gazel"da chaqnash sodir bo`ldi

'Toshkent viloyatidagi gaz "zapravka"ga kelgan "Gazel"da chaqnash sodir bo`ldi'ning rasmi

Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi Toshkent tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida yuz bergan holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, 15 mart kuni soat taxminan 19:30 larda Toshkent tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida 40 yoshli D.D.ga tegishli bo`lgan “Gaz 322132” rusumli transport vositasiga gaz to`ldirish vaqtida avtomashinaga o`rnatilgan gaz ballonining “trubka”sida chaqnash sodir bo`lgan.

Gaz ballonlar butun holatda portlamagan. Gaz balloni himoya qopqog`i bosim bilan chiqib ketishi oqibatida gaz quyish shoxobchasi tom qismi va transport vositasiga zarar etgan, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, holat natijasida fuqarolar sog`lig`iga ziyon etmagan.

    Boshqa yangiliklar