AsosiyJamiyat

Samarqandda Bibixonim majmuasi restavrasiya qilinadi

'Samarqandda Bibixonim majmuasi restavrasiya qilinadi'ning rasmi

Prezidentning “2025 yilda YuNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o`tkazilishiga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”ga qarori qabul qilindi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Qarorga ko`ra, sessiyaning Samarqand shahrida o`tkazilishining ahamiyati haqida yuqori sifatli media mahsulotlar hamda audiovizual asarlar yaratilib, ular mahalliy va xorijiy OAVlarda efirga berib boriladi. 

Shuningdek, sessiyaning “Samarqand – jahon tamaddunlari chorrahasida” kitob-albomi o`zbek, rus, ingliz va fransuz tillarida chop etiladi. Bundan tashqari, pochta markalari va konvertlar turkumi yaratiladi, taqvimlar va ko`rgazmali targ`ibot vositalari, esdalik tangalari, kumush va oltin tangalar muomalaga chiqariladi.

Sessiya Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasida o`tkaziladi. Bundan tashqari, YuNESKO mezonlari asosida va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda Samarqand shahrida Buyuk ipak yo`li davlat muzeyi tashkil etiladi. Shu bilan birga, Amir Temur bog`lari qayta tiklanadi, Bibixonim majmuasi restavrasiya qilinadi. 

Umumjahon merosi ro`yxatiga kiritilgan Buxoro tarixiy markazini muhofaza qilishga qaratilgan uning master va menejment rejalarini ishlab chiqish bo`yicha tegishli qarorlar loyihalari belgilangan tartibda kiritiladi.

    Boshqa yangiliklar