AsosiyJamiyat

Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan issiqxonalar aniqlandi 

'Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan issiqxonalar aniqlandi 'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan GTF xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.K. va boshqalar tumandagi “Katta Xasanboy” MFY hududidagi uyda tijorat maqsadida tashkil etilgan issiqxonada rezina shlanglar yordamida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib jami 393,7 ming metr kub tabiiy gazni o`g`irlab, davlat va jamiyat manfaatlariga 590,7 mln so`m zarar etkazganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qibray tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.A.” MChJ rahbari D.S. MChJ issiqxonasida jami 229,4 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 344,2 mln so`m zarar etkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar