AsosiyJamiyat

Samarqandda voyaga etmagan bola kishanlangan holda topildi

'Samarqandda voyaga etmagan bola kishanlangan holda topildi'ning rasmi

Joriy yilning 16 mart kuni Samarqand viloyat IIB ”102” operatoriga Samarqand shahar Gagarin ko`chasida bir bola Damas rusumli avtomashinada oyog`i zanjir orqali kishanlanganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.

Bu haqda IIB boshlig`i matbuot kotibi xabar bermoqda

Xabarga asosan, hududga IIB xodimlari borib, holatni rasmiylashtirishgan.

Hozirda bolaga nisbatan ushbu harakatlarni sodir etgan shaxsga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bolani “Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markazi”ga joylashtirib, psixolog yordamida zaruriy ko`maklar berish choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar