1

Zanjirga kishanlangan bola haqida qo`shimcha ma`lumot berildi

Jinoyat 17.03.2024, 15:40
Zanjirga kishanlangan bola haqida qo`shimcha ma`lumot berildi

Avvalroq Samarqand shahrida bola “Damas“ ichida oyog`i zanjir orqali kishanlanganligi haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi bayonot berdi.

Qayd etilishicha, bolaga nisbatan zo`ravonlik qilinganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo`rlik ishlatib g`ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayoni nazoratga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1