AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ertaga harorat 28 darajaga ko`tariladi

'O`zbekistonda ertaga harorat 28 darajaga ko`tariladi'ning rasmi

O`zgidromet haftalik ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Qayd etilishicha, bugun va ertaga respublikaning ko`pchilik viloyatlarida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida kunduzi 18 mart kuni va Qoraqalpog`iston Respublikasida ba`zi joylarda 19 mart kuni yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati 15-20° iliq atrofida, ba`zi joylarda 22° iliqqacha, janubda 25-28° iliqqacha bo`ladi.

20-22 mart kunlari respublika hududiga nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, 20-21 mart kunlari ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Havo harorati 20 martda 15-20° iliq bo`ladi, 21-22 martda 10-15° iliqqacha asta-sekin pasayadi.

Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 martda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtimizda: 18-19 mart kunlari yog`ingarchilik kutilmaydi, 20-22 martda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 

21 martda 15-17 m/s gacha kuchayadi. Harorat: bugun va ertaga 19-22° iliq; 20 martda 17-19° iliq bo`ladi; 21-22 martda 10-15° iliqqacha asta-sekin pasayadi.

    Boshqa yangiliklar