Ijtimoiy tarmoqlarda "HUMO Air” aviakompaniyasi tomonidan pullar mijozlarga qaytarilmayotganligi haqidagi xabarlar tarqalib, ko`plab muhokamalarga sabab bo`ldi.
Ushbu holat yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi o`rganish ishlarini olib bordi .
O`rganishlar natijasida "HUMO Air” MChJ tomonidan 2024 yilda 284 ta avia reyslar bekor qilingani va aviachipta xarid qilgan yo`lovchilar pullarini qaytarib ololmayotganliklari ma`lum bo`lgan.
Natijada aviakompaniya tomonidan “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonunining 19 va 21-moddalari talablari buzilganligi aniqlangan.
"HUMO Air” MChJga bugungi kungacha iste`molchilardan kelib tushgan 3000 nafar murojaatlar ulardan 2000 nafar yo`lovchining murojaati qanoatlantirilgan. Bundan tashqari aviachipta uchun to`lagan 1 mlrd 500 mln so`m mablag` iste`molchilarga qaytarilishi ta`minlangan.
Shuningdek, 6 nafar iste`molchining talabiga ko`ra, aviakompaniya o`z hisobidan boshqa aviakompaniyadan 7 mln 498 ming 758 so`mga chiptalarni xarid qilib topshirdi. Aviakompaniya tomonidan parvozi amalga oshmagan qolgan yo`lovchilarga ham pulni qaytarish choralari ko`rilmoqda.






