AsosiyJamiyat

Prezident raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi

'Prezident raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi'ning rasmi

Prezident raisligida qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investisiyalar va eksportni ko`paytirish yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Davlatimiz rahbari bundan buyon yig`ilishlar har bir soha korxonalari vakillari bilan uchrashuv tarzida, ularni qiynayotgan masalalarga echimlari bilan o`tkazilishini ta`kidladi. O`tgan yili 23 million tonna  meva-sabzavot etishtirildi, oziq-ovqat sanoatida 86 trillion so`mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Hisob-kitobga ko`ra, buncha mahsulotni o`zidan 5 milliard dollarlik eksport qilsa bo`ladi.

Lekin iqtisodiyot, qishloq xo`jaligi komplekslari mutasaddilari va hokimlar ishni to`g`ri tashkil qila olmagani, eksportchilar muammosini hal qilmagani uchun eksport 2 milliard dollardan oshmagani qayd etildi. Yig`ilishga eng faol 100 dan ziyod eksportchi-tadbirkorlar va logistika korxonalari vakillari taklif qilingan. Prezident topshirig`iga muvofiq, ularning muammolari va takliflari o`rganildi.

Davlatimiz rahbari yig`ilganlarga “soha uchun yana qanday sharoit kerak, joriy yilda qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat eksportini 3,5 milliard dollarga etkazish uchun nimalar zarur” degan savollarga birgalikda javob topishni taklif qildi.

    Boshqa yangiliklar