AsosiyJamiyat

Bayram tadbirlari respublika hududida 219 ob`ektda o`tkazilishi belgilangan

'Bayram tadbirlari respublika hududida 219 ob`ektda o`tkazilishi belgilangan'ning rasmi

Navro`z bayramida fuqarolar xavfsizligini ta`minlash maqsadida 22 383 nafar xodim va harbiy xizmatchi safarbar etiladi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova ma`lum qildi.

Shuningdek, favqulotda vaziyatlarning oldini olish uchun 3 ming nafardan ortiq zahira guruhi tashkil etilgan.

Bayram tadbirlari respublika hududida 219 ob`ektda o`tkazilishi belgilangan.

Har bir tabdir ob`ektida mahalliy hokimlik, sog`liqni saqlash va boshqa idora va tashkilotlar vakillarining navbatchiligi tashkil etilgan.

Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan joylarda bayram tadbirlari o`tkazilishiga hamda ushbu joylardagi nosoz attraksionlar va boshqa o`yin qurilmalarning ishlatilishiga yo`l qo`yilmasligi nazoratga olingan.

Ochiq joylarda xalq sayillari o`tkaziladigan joylarning atrof-hududlari jismonan, texnik va maxsus vositalar bilan to`liq to`sish choralari ko`rilishi belgilangan.

Bayram tadbirlari o`tkazilayotgan vaqtda elektr-energiya, gaz, suv, obodonlashtirish va boshqa mutasaddi tashkilotlar har qanday vaziyatga shay holatda bo`lish choralari ko`rilgan.

    Boshqa yangiliklar