1

Hindistondagi masjidda o`zbekistonlik talabalar hujumga uchragani aytildi (video)

Dunyo 18.03.2024, 18:35
Hindistondagi masjidda o`zbekistonlik talabalar hujumga uchragani aytildi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Hindistonda tarovih namozi o`qiyotgan O`zbekiston, Bangladesh va Afg`oniston talabalari hujumga uchragani qaytilgan video tarqaldi.

Xabarlarda Hindistonning Gujarat universitetida ta`lim olayotgan xorijlik yoshlar mahalliy noma`lum guruh a`zolari tomonidan tazyiqqa uchragani va ular orasida o`zbekistonlik talaba ham borligi aytilgan. 

Mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi konsullik bo`limi ushbu voqea yuzasidan tezkor surishtiruv ishlarini amalga oshirgan.

Diplomatiya missiyasining konsullik hisobida Gujarat universitetida o`qiyotgan O`zbekiston vakillari yo`qligi ma`lum bo`lgan. Shuningdek, Hindistondagi o`zbek talabalari hamjamiyati a`zolari yuqorida nomi keltirilgan oliy bilim yurtida mamlakatimiz vakillari borligini tasdiqlamadi.

Hindistonning rasmiy idoralari bilan olib borilgan muloqotlar doirasida ham Gujarat universitetida o`zbekistonlik yoshlar tahsil olmasligi aniqlandi.

"Mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi ushbu voqeani o`rganish munosabati bilan Hindistonda ta`lim olish yoki boshqa maqsadlar bilan uzoq muddat davomida bo`lib turgan vatandoshlarimizga ularning diplomatiya missiyasida konsullik hisobiga turishi zarurligini qat`iyat bilan yana bir bor eslatib o`tadi.

Bu esa turli kutilmagan noxush hollarga tushib qolgan fuqarolarimizga tezkor va samarali konsullik-huquqiy yordam ko`rsatish uchun imkoniyat yaratadi.

Elchixona konsullik bo`limiga quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilish mumkin:

Telefon: +91 11 2467 0774/75

El. pochta:  in.uzembassy@mfa.uz va info.uzbekembassy@gmail.com

Telegram-bot: @consuluzbindia_bot", deyiladi bayonotda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1