2024 yil 1 apreldan yirik soliq to`lovchilar uchun, 2024 yil 1 iyuldan barcha xo`jalik yurituvchi subektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.
Shunga asosan, Soliq qo`mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” IAM tomonidan tizim operatorlari bilan birga "Elektron tovar-transport yuk xati tizimi" test rejimida ishga tushirildi.
Eslatma:️ Tizim test rejimida ishga tushirilgan bo`lib, 2024 yil 1 aprelga qadar xo`jalik yurituvchi subektlar uchun hech qanday soliqqa oid oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Maqsad – xo`jalik yurituvchi subektlarda ko`nikmalarni shakllantirish, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tizimdan foydalanish bo`yicha qulayliklarni birgalikda yaratish.
Soliq qo`mitasi barcha xo`jalik yurituvchi subektlarni "Elektron tovar-transport yuk xati tizimi"dan keng foydalanishga chaqiradi.
Tizimdan foydalanish tartibi video qo`llanmada batafsil ko`rsatib berilgan.
Qo`shimcha ma`lumot uchun (71) 202 32 82 yoki 1198 qisqa raqami orqali Call-markaziga murojaat qilish mumkin.






