AsosiyJamiyat

Yo`lovchi yarim kilo sof quyma oltin bo`lagi bilan qo`lga tushdi

'Yo`lovchi yarim kilo sof quyma oltin bo`lagi bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung`ur tuman bo`limi, DXXning Navoiy viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda 463,94 gramm sof quyma oltinni Toshkent shahrida o`tkazish uchun olib ketayotgan shaxslar Bulung`ur tumanida ushlandi.

Tuman hududidan o`tuvchi M-38 avtomobil yo`lining “Yuqori nuqta” YPX maskanida "Samarqand-Toshkent" yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotgan “Cobalt”  yo`lovchisi M.R.ning yonida fuqaro R.T. tomonidan Toshkent shaharida o`tkazish uchun berib yuborilgan og`irligi 463,94 gramm bo`lgan bahosi 368 mln so`mlik 2 dona sof quyma oltin bo`lagini olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Toshkentga sotish uchun yarim kg sof quyma oltinni olib kelayotgan shaxs ushlandi

    Boshqa yangiliklar