Bugun Prezident boshchiligida o`tkazilgan yig`ilishda mahalliy korxonalarga xalqaro ko`rgazmalarda qatnashishda ko`maklashish masalasi ham ko`tarildi.
Ko`plab ko`rgazmalarda qatnashish uchun oldindan 100 foizlik to`lovni amalga oshirish talab etilayapti. Lekin bizda 15 foiz miqdorda avans to`lanadi, qolgan qismi yarmarka tugaganidan so`ng o`tkazib beriladi.
Davlatimiz rahbari bu tizimni to`liq qayta ko`rib chiqish kerakligini ta`kidladi. Endilikda tadbirkorlarning xarajati ularning reytingidan kelib chiqib qoplab berilishi belgilandi.
Bunda, yuqori va o`rta reytingga ega bo`lgan tadbirkorlar uchun ko`rgazmalarda qatnashish xarajati 100 foiz oldindan to`lab beriladi. Past reytingga ega bo`lganlar ko`rgazmada ishtirok etganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgandan keyin xarajatining 50 foiz qismi qoplab beriladi.
Bu mexanizm tajriba sifatida 1 yil davomida amal qilishi ta`kidlandi.
18.03.2024 22:24
Tadbirkorlarning xarajati ularning reytingidan kelib chiqib qoplab berilishi belgilandi






