AsosiyJamiyat

"Open byudjet"ga ovoz yig`ayotganlar IIO xodimlari tomonidan qo`lga olinmoqdami?

'"Open byudjet"ga ovoz yig`ayotganlar IIO xodimlari tomonidan qo`lga olinmoqdami?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarida "Open byudjet"ga ovoz yig`ayotgan shaxsni IIO xodimlari olib ketgani aytilgan video xabarlar tarqaldi.

Farg`ona viloyati IIBning ma`lum qilishicha, joriy yilning 18 mart kuni fuqaro Sh.Q. tanishlari bilan O`zbekiston tumani Yaypan bozori oldida, yo`lning qatnov qismida avtomashinalarga xalaqit berib, odamlarni atrofiga to`plab, "Open Byudjet"ga ovoz yig`ayotgan bo`lgan. Shu payt, bir fuqaroning telefoni erga tushib ketgani uchun o`zaro kelishmovchilik kelib chiqqan. 

Shu sababli, IIO xodimlari kelishmovchilikni bartaraf qilib, fuqaro Sh.Q.ga yo`l chetida turib, faoliyatini davom ettirishi tushuntirilganda, u xodimlarning qonuniy talabiga bo`ysunmasdan, faol qarshilik ko`rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.Q.ga nisbatan MJtKning 194-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga taqdim qilindi. Sud fuqaro Sh.Q.ga nisbatan ba`zaviy xisoblashning to`rt baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi. 

    Boshqa yangiliklar