AsosiyJamiyat

Toshkentning 14 ta joyida Navro`z bayram tadbirlari o`tkaziladi

'Toshkentning 14 ta joyida Navro`z bayram tadbirlari o`tkaziladi'ning rasmi

Bu yil Toshkentda Navro`z bayramining asosiy tantanalari “ Yangi O`zbekiston” va “Navro`z” madaniyat va istirohat bog`larida o`tkaziladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu bilan birga, quyidagi manzillarda sayllar tashkil etiladi:

- Bektemir tumani: “Coca-Cola Garden” bog`i (19 mart);

- Uchtepa tumani: “Seoul eko bog`i” (19 mart);

- Shayxontohur tumani: “Tashkent city” bog`i (19-23 mart);

- Yunusobod tumani: “O`zekspomarkaz” hududida (20 mart);

- Mirobod tumani: “Furqat” bog`i (21-24 mart);

- Mirzo Ulug`bek tumani “Markaziy istirohat bog`i” (21-24 mart);

- Sergeli tumani: “Markaziy xiyobon” (21 mart);

- Olmazor tumani: “Yoshlik” shaharchasi, “Beruniy” maydoni (19 mart);

- Yakkasaroy tumani: “Seoul Mun” hamda "Next" ko`ngilochar maskanlari (21-24 mart);

- Yangihayot tumani: “Tashkent Index” savdo majmuasi (20 mart);

- Yashnobod tumani: “Ashxobod sayilgohi” (21-24 mart);

- Chilonzor tumani: “G`afur G`ulom” bog`i (21-24 mart).


 

 

    Boshqa yangiliklar