AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi Navro`z tadbirida gaz balloni portladi

'Qashqadaryodagi Navro`z tadbirida gaz balloni portladi'ning rasmi

2024 yil 18 mart kuni soat Ko`kdala tumani “Tuqmor” kishlogidagi ochik dala maydonida bo`lib o`tayotgan Navro`z bayrami tadbirida o`choqqa yaqin 25 litrli gaz ballon portlab ketdi. Bu haqda darakchi.uz manbasi xabar qildi.

Natijada o`choqqa yaqin turgan fuqarolar kuygan va 30 nafar fuqaro shifoxonaga murojaat kilgan. Ularning 13 nafariga birlamchi va 12 nafariga ambulator tibbiy yordam ko`rsatilgan. 

Turli darajadagi kuyish tan jarohati olgan 5 nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar