AsosiyJamiyat

AQShda o`zbekistonlik erkak avval sobiq xotinini, so`ng o`zini otib o`ldirdi

'AQShda o`zbekistonlik erkak avval sobiq xotinini, so`ng o`zini otib o`ldirdi'ning rasmi

AQShda o`zbekistonlik erkak sobiq xotinini otib o`ldirdi, keyin o`z joniga qasd qildi. 

Ma`lumotlariga ko`ra, 16 mart kuni Filadelfiya chekkasidagi okrugida yashovchi 44 yoshli erkak o`zining sobiq rafiqasi 43 yoshli Durdona Sultonovani otib o`ldirgan. Jinoyat sodir etganidan ko`p o`tmay, erkak o`z joniga qasd qildi.

Manbaga ko`ra, 17 mart kuni soat 16:38 atrofida jinoyat sodir etilgan xonadonning qo`shnilari 911 raqamiga qo`ng`iroq qilib, voqea haqida ma`lum qilgan. Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar xodimlari xonadon yotoqxonasidan Sultonova Durdona va Allabergning jasadlarini topishgan.

Sultonova ko`krak va bosh qismidagi ko`plab o`q jarohatlari natijasida vafot etgan. Erkak esa bosh qismidagi o`qdan  vafot etdi, deya xabar beradi rasmiylar.

Ma`lum qilinishicha, marhuma Durdona Sultonova Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan, keyinroq Yaponiyada magistraturada tahsil olgan. Keyin u oilasi bilan AQShga ko`chib o`tdi. Ikki farzandning onasi bo`lgan.

 

    Boshqa yangiliklar