1

2020-yilda 4 nafar hamkasbini ham zaharlab o`ldirishga uringani aniqlandi

Dunyo 22.03.2024, 21:48
2020-yilda 4 nafar hamkasbini ham zaharlab o`ldirishga uringani aniqlandi

Xitoyning mashhur o`yin kompaniyalaridan biri Yoozoo Games'da sodir bo`lgan voqea kishini hayratga soldi. Kompaniyaning sobiq rahbarlaridan biri Shu Yo asoschisi Lin Chini zaharlagani uchun o`limga hukm qilindi. Bu haqda Turkiye gazetesi habar qildi.

Xitoyning Shanxay birinchi o`rta xalq sudi mashhur o`yin kompaniyalaridan biri Yoozoo Games'dagi voqea haqida bayonot berdi. Bayonotda kompaniyaning sobiq menejerlaridan biri Shu Yo kompaniya asoschisi Lin Chi bilan 2020-yilda biznes mojarosi tufayli qattiq tortishib qolgan va adovati bo`lgan.  Shu sababli, Lin Chini zaharlagan. Jinoyat sodir etganligi uchun o`limga hukm qilingan. Bundan tashqari Shu  Yo 2020-yilning sentyabr-dekabr oylarida kompaniya asoschisidan tashqari 4 nafar hamkasbini ishxonada ovqatiga zahar qo`shib o`dirishga uringani haqida ham ma`lumotlar topildi. Ammo kasbdoshlaridan birortasi ham o`lmagan, tuzalib ketgan. Natijada, unga nisbatan jazo qo`llanilmagandi. 

39 yoshli Lin Chi ovqatdan zaharlangandan so`ng polisiya aniqlashga kirishdi. Avvaldan shubha ostida bo`lgan Shu Yoni jinoyatchi ekanligini aniqladi. 10 kun ichida qo`lga olindi va o`lim jazosi tayinlandi. 

  Yoozoo mashhur "Taxtlar o`yini filimidan ilhomlangan “taxtlar o`yini: qish kelyapti” nomli mashur o`yinni ishlab chiqqan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1