AsosiyJamiyat

Qumqo`rg`ondagi seldan talofat ko`rgan mahallalarga 10 mingga yaqin hasharchi jalb etildi

'Qumqo`rg`ondagi seldan talofat ko`rgan mahallalarga 10 mingga yaqin hasharchi jalb etildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumanidagi seldan talofat ko`rgan 4 ta mahallasidagi 61 ta ko`cha shahar, tumanlar hamda korxona va tashkilotlarga biriktirilgan

Hududlardan 10 mingga yaqin hasharchi, 200 dan ortiq yuk mashinalari, 100 ga yaqin maxsus transport vositalari, 50 ta motopompa vositalari jalb qilindi.

Sel bosgan kunning o`zida130 dan ortiq xonadon loyqa suvlardan tozalangan, 12 km ichki yo`llar toshlangan, 3 mingdan ortiq ob`ekt hamda 2,5 mingga yaqin suv hovuzlari dezinfeksiya qilingan. Aholi qaromog`idagi 100 dan ortiq chorva mollari xavfsiz hududlarga o`tkazilib, veterinariya xizmati ko`rsatilgan.

Ayni vaqtda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiya boshqarmalari boshliqlari, shahar va tumanlar hokimlari rahbarligida biriktirilgan ko`chalar bo`ylab, tozalash-ta`mirlash, obodonlashtirish, ko`chalarni tartibga keltirish va daraxt ko`chatlari ekish ishlari davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar