26 martdan Toshkent shahrida 2023-2024-yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi “Kommunal xizmatlar ko`rsatishni tasdiqlash qoidalari to`g`risida"gi 194-sonli qaroriga asosan, Isitish davri tashqi havoning o`rtacha sutkalik harorati 8 darajadan yuqori bo`lgan 5 kunlik davr tamom bo`lgan kundan keyingi kundan tamomlanishi belgilangan.
“Shundan kelib chiqib, Toshkent shahar gidrometeorologiya markazining ma`lumotlarini hamda o`rtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bo`layotganligini inobatga olgan holda, 2024 yilning 26 mart kunidan 2023-2024 yilgi isitish davri yakunlanishini ma`lum qilamiz”, - deyiladi xabarda.






