AsosiyJamiyat

O`zgidromet yangi haftada kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi

'O`zgidromet yangi haftada kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi'ning rasmi

Bugun 25 mart kuni O`zbekistonning barcha hududlari bo`yicha havo harorati 23-28o iliq, janubda va cho`l hududlarda 30o gacha bo`lgan quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O`zgidromet xabar berdi.

26-29 mart kunlari davrida O`zbekiston hududiga nam o`rta er dengizi havosining bir qismi kirib kelishi kutilmoqda.

Respublika bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 

Bugun va ertaga kunduzgi harorat 25-27o iliq, 27 martda 20-22o iliq, 28 martda 18-20o iliq, kechalari harorat asosan 11-14o iliq bo`ladi.

26 martda yuqori harorat foni saqlanib turadi, so`ng havo harorati asta-sekin pasayadi va ish haftasining oxiriga kelib 13-180 iliqni tashkil etadi.

25-26 va 28-29 mart kunlari ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, 28-29 martda ayrim joylarda ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog`larda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtimizda: 26 martda yog`ingarchilik kutilmaydi, 27-29 martda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 

    Boshqa yangiliklar