AsosiyJamiyat

Ingliz, farzansuz va ispan tillaridan birini biladigan fuqarolar qurilish, xizmat ko`rsatish sohalariga ishga taklif etilmoqda

'Ingliz, farzansuz va ispan tillaridan birini biladigan fuqarolar qurilish, xizmat ko`rsatish sohalariga ishga taklif etilmoqda'ning rasmi

Kanada ish beruvchilari bilan erishilgan kelishuvga ko`ra, qurilish, xizmat ko`rsatish va texnik sohalarga fuqarolar ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlab qurilish sohasida:

− duradgor;

− payvandchi;

− elektrik;

− santexnik;

− betonchi;

− oynachi;

− tom yopuvchi;

− pol qoplamalarini yotqizish bo`yicha yordamchi;

− o`rmon xo`jaligi va boshqalar.

Talablar va zarur hujjatlar:

- 18 yoshdan 45 yoshgacha bo`lishi

- Ingliz, fransuz yoki ispan tillaridan birini bilishi

- Qurilish kasb-ta`limi mutaxassisligi bo`yicha guvohnoma, sertifikat, diplom

- Xorijga chiqish pasporti

Ish haqi: soatiga 12,5 $ dan 30 $ gacha.

Nomzodlar havola orqali ro`yxatdan o`tishlari mumkin.

Har bir nomzod ma`lumotlari ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan ko`rib chiqiladi va xorijiy tilda suhbatdan o`tkaziladi.

Batafsil ma`lumotlarni +998712023355, +998712000061 yoki 1282 qisqa raqami orqali olish mumkin, deyiladi vazirlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar