AsosiyJamiyat

Aholi va uy-joy fondini ro`yxatga olishning 5 ta asosiy xususiyati

'Aholi va uy-joy fondini ro`yxatga olishning 5 ta asosiy xususiyati'ning rasmi

Aholini va uy-joyni ro`yxatga olishning noyobligini belgilaydigan 5ta asosiy xususiyatlar bilan tanishing.

Alohida hisobga olish

Ro`yxatga olish jarayonida har bir shaxs (va har bir turar-joy majmuasi) haqidagi ma`lumotlar  ularning xususiyatlari alohida tarzda qayd etilgan holda to`planadi. Bu turli xil belgilarning o`zaro tasnifini va bir necha belgilar bo`yicha ma`lumotlarni olish imkonini  beradi.

Bir vaqtdalilik

Ro`yxatga olish jarayonida shaxslar va turar joylar to`g`risida olingan ma`lumotlar aniq belgilangan va yagona hisob davriga (yoki mufyyan vaqtga) tegishli bo`lishi kerak. Ideal holda, barcha shaxslar va yashash joylari haqidagi ma`lumotlar bir vaqtning o`zida to`planishi kerak. Biroq, agar ma`lumotlar bir vaqtning o`zida to`planmasi, to`plangan ma`lumotlar bir xil hisob-kitob davriga tegishli bo`lishi uchun tuzatishlar kiritilishi kerak bo`ladi.

Ko`p tomonlamalik  

Aholi va uy-joy fondini ro`yxatga olish mamlakatning aniq belgilangan hududi doirasida shaxslarning umumiy soni, uy xo`jaliklari va uy-joy birliklari soni to`g`risida ma`lumot olishni ta`minlashi kerak. Aholini ro`yxatga olish (yoki nazorat tariqasida solishtirish) mamlakatning ma`lum bir hududida istiqomat qiluvchi va ma`lum bir vaqtda joylashgan barcha shahslarni qamrab olishi kerak.

Kichik hududlar bo`yicha ma`lumotlar

Ro`yxatga olish mamlakatning eng kichik geografik hududlari va aholining kichik guruhlari darajasida aholi va uy-joylarning soni va xususiyatlari haqida ma`lumot olish imkonini beradi, shu bilan bir qatorda, shaxsiy ma`lumotlarning maxfiyligini himoya qilish bo`yicha asosiy talablarga javob beradi.

Ro`yxatga olishning davriyligi

Ro`yxatga olish o`rnatilgan davriylikda qabul qilingan, taqqaslash mumkin bo`lgan axborot olish uchun muntazam ravishda amalga oshirilishi kerak. Har 10 yilda kamida bir marta ro`yxatga olish tavsiya etiladi.

    Boshqa yangiliklar