1

O`quvchisining nomusiga tegmoqchi bo`lgan o`qituvchi 8 yilga qamaldi

Jinoyat 25.03.2024, 19:08
O`quvchisining nomusiga tegmoqchi bo`lgan o`qituvchi 8 yilga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda toshkentlik musiqa o`qituvchisi Sultanov A. o`zining uyida mashg`ulotlar paytida voyaga etmagan shogird qizini zo`rlamoqchi bo`lgani e`lon qilingan edi. 

Ma`lum qilinishicha, pensiyadagi musiqa o`qituvchisi, 1957 yilda tug`ilgan Sultanov Aleksandr, 12 yoshli qizchaga dars berish asnosida ikki yil davomida tegajog`lik qilib, nomusiga tegishiga sal qolgan. U oilaning to`liq ishonchiga kirib, hatto ularning uyiga ham borib turardi. 

Erkakka O`zR JK 119-moddasi 4-qismi (14 yoshga etmagan shaxs bilan jinsiy ehtiyojini g`ayritabiiy usulda qondirish) bilan ish qo`zg`atilgan.

Toshkent shahar sudlari sud hukmi bilan ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 8 yil qamoq jazosi tayinlangani haqida xabar berdi.  

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o`tash belgilandi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1