AsosiyJamiyat

Qurilish vazirligi sayti IShID tomonidan buzib kirilgani haqida xabar tarqaldi

'Qurilish vazirligi sayti IShID tomonidan buzib kirilgani haqida xabar tarqaldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qurilish  vazirligining "Ulush kiritish asosida uy-joy qurish" milliy axborot tizimi IShID jangarilari tomonidan buzib kirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarga ko`ra, “Sizning tizimingiz IShID tomonidan buzilgan. Biz shu erdamiz " deya yozib qoldirib ketilgan. Vazirlik holat bo`yicha rasmiy munosabat e`lon qildi.

Ma`lum qilinishicha, rasmiy saytga buzib kirilmagan.

“Bugun, 26 mart kuni Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligining mc.uz rasmiy saytidagi rd.mc.uz havolasi hakkerlar hujumi tufayli buzilgan edi.

Ayni paytda rasmiy sayt ishlayotganini va ushbu havoladagi faoliyat qayta tiklanayotganini ma`lum qilamiz”, - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar