1

Sirdaryoda uch egizak dunyoga keldi

Jamiyat 26.03.2024, 16:12
Sirdaryoda uch egizak dunyoga keldi

Forish tumanining Uchma qishlog`ida yashovchi Anorxol Isroilova va uning turmush o`rtog`i Umid Isroilov to`rt qizdan so`ng o`g`il farzand kutishayotgan edi. Kuni kecha ular uch egizakli bo`lishdi: ikki nafar qiz, kenjasi esa o`g`il. Bu haqdaSog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ona farzandlarini Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialida dunyoga keltirdi. Egizaklarning kattasi 1,9 kg, keyingisi 2,4 kg, o`g`il chaqaloq esa 2,1 kg bo`lib, ular tabiiy tug`ruq jarayonida tug`ildi. Muassasa rahbari Xanifa Sodiqovaning ma`lum qilishicha, ona va chaqaloqlarning umumiy ahvoli qoniqarli, ularning salomatligi shifokorlar nazorati ostida. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1