1

Afg`onistondan Polshaga yuborilgan ko`knorini Surxondaryo bojxonachilari fosh qildi (video)

Jamiyat 26.03.2024, 20:03
Afg`onistondan Polshaga yuborilgan ko`knorini Surxondaryo bojxonachilari fosh qildi (video)

 “Termiz Kargo Sentr” MChJ hududidagi bojxona omborida Afg`oniston davlatidan tranzit tarzda Polsha davlatiga o`tish uchun O`zbekistonga kirib kelgan “Mercedes Benz” yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazilgan. 


Bojxona ko`rigi natijasida, yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilmagan 2 dona qutilarda jami 196 dona paketchali qadoqlarda 4 kg. 200 gr. bo`lgan “maydalangan va quritilgan ko`knori boshoqlari bilan aralashtirilgan turli xildagi giyohlar hamda mevalar aralashmasi” mavjudligi aniqlandi. 

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Termiz” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti, Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan fosh etilgan mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1