1

"Jinoyatchi" bo`lishni istamagan ota 30 mln so`m aliment qarzini to`ladi

Jamiyat 26.03.2024, 20:55
"Jinoyatchi" bo`lishni istamagan ota 30 mln so`m aliment qarzini to`ladi

Fuqarolik ishlari bo`yicha G`allaorol tumanlararo sudining 2016 yil 8 yanvardagi qaroriga asosan qarzdor D.Sh.dan undiruvchi F.K. foydasiga ikki nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun har oylik ish haqi va daromadining 1/3-qism miqdorida aliment undirish belgilangan. 

Qarzdor ota ijro harakatlari davomida bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan to`lovdan bo`yin tovlab kelgan.

Shuningdek, u muqaddam O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47 prim 4 moddasiga asosan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosiga ham tortilgan.

Aliment qarzdorliklarini qasddan to`lamasligining huquqiy oqibatlari tushuntirilib, jinoyat ishiga hujjatlar to`plash jarayonida ota 30 000 000 so`m aliment qarzdorlikni farzandlarining ta`minoti uchun to`lab berdi.

Ma`lumot uchun, Jinoyat kodeksining 122-moddasida – moddiy yordamga muhtoj bo`lgan voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlash, ya`ni ularni moddiy jihatdan ta`minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug`iga binoan undirilishi lozim bo`lgan mablag`ni jami bo`lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to`lamaslik, shunday qilmish uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa, —ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1