AsosiyJamiyat

Bugun poytaxtning ikki tumanida sakkiz soat gaz o`chadi

'Bugun poytaxtning ikki tumanida sakkiz soat gaz o`chadi'ning rasmi

Ta`mirlash ishlari tufayli Chilonzor va Uchtepa tumanlarining quyidagi hududlariga 27 mart kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqida "Hududgazpoytaxt" xabar bermoqda.

Chilonzor tumani

Aholi iste`molchilar: 7, 8, 9, 10, 16-mavzelar, S-mavzesi, “Zarqo`rg`on”, “Fidokor”, “Navbahor”, “Katta Navbahor”, “Ko`tarma”, “Naqqoshlik”, “Botirma”, “Lutfiy”, “Oqtepa sohil bo`yi”, “1-Qatortol”, “Nafosat”, “Diyor”, “Qatortol”, “Cho`ponota”, “Bog`zor”, “Oqtepa”, MFYlaridagi 13836 ta ko`p qavatli xonadon va 1842 ta erli xonadon

Ulgurji iste`molchilar: 68 ta

Uchtepa tumani

Aholi iste`molchilar: “Tepa Qo`rg`on”, “Qo`rg`ontepa”, “Ko`xna Cho`ponota”, “Bog`obat”, “Bog`iston”, “Birlik”, “Nayman”, “Guzar” MFYlari va Uchtepa tumani 11, 12, 13, 14, 15, 26-mavzelaridagi ko`p qavatli 7379 ta xonadon

Ulgurji iste`molchilar: 76 ta

Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.

 

    Boshqa yangiliklar