Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi avtosalonlarning birida odamlarni aldab ketishgani aytilgan videomurojaat tarqaldi.
My-Cars nomi bilan ochilgan avtosalon odamlarga GM mashinalarini olib berishni aytib, pullarni o`zlashtirib yuborgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning darakchi.uz'ga ma`lum qilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan JKning 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov olib borilgan.
Jinoyat ishi doirasida 5 nafar (3 tasiga "qamoq" ehtiyot chorasi, 2 tasiga sirtdan "qamoq" ehtiyot chorasi qo`llanilib, "qidiruv" e`lon qilingan) shaxslar tergovga jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari yakunlanib, ish sudga yuborish arafasida turibdi.






