Endi maktablar oldida maxsus kameralar o`rnatiladi. Bu haqida Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Unga ko`ra, 2024 yil 1 iyuldan boshlab yo`l bo`yida joylashgan maktablar oldida, kamida to`rt tasmali yo`llardagi piyodalar o`tish joylarida, yo`l-transport hodisalari o`choqlarida, temir yo`l kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari bosqichma-bosqich o`rnatiladi.
Ichki ishlar vazirligining "Xavfsiz shahar" tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan "Xavfsiz yo`l va xavfsiz piyoda" respublika jamg`armasi mablag`lari hisobidan amalga oshirilib, YHXX tomonidan belgilanadigan joylarga o`rnatiladi.






