Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi “Farhod” avtomobil ehtiyot qismlari bozorida yong`in sodir bo`layotgani aks etgan video tarqaldi.
Toshkent shahar FVBga xabariga ko`ra, yong`in bugun soat 06:50da Toshkent shahar Uchtepa tumani, Kichik xalqa aylanma yo`li ko`chasida joylashgan 2-qavatli binolarda birida sodir bo`lgan. 4 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 06:57 da etib borib, yong`in soat 07:20 da o`rab olingan va soat 07:23da yong`in o`chirilgan.
Sodir bo`lgan yong`in natijasida 2-qavatli binolarda birida taxminan 100 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q.
Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






