2023 yilning 15 oktyabr kuni soat 05:30 atrofida Surxondaryodagi bozorlarning birida olibsotar savdogar o`z hamkasbini pichoqlab, o`ldirdi.
Oliy sud Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Abidovning ma`lumot berishicha, jinoyatchi va jabrlanuvchining muntazam joy talashib, janjalashishi qotillik bilan yakunlangan.
JIB Termiz shahar sudining qarori bilan qotil JKning 97-moddasi 2-qismining tegishli bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
"Qasddan o`ldirish niyatim yo`q edi, onamni so`kkani uchun majbur bo`ldim. Bu ishlarni hech qachon takrorlamayman. Oila a`zolaridan kechirim so`rayman",- deydi sudlanuvchi.






