1

29 mart kuni Toshkentda "Avtomobilsiz kun" tadbiri o`tkaziladi

Jamiyat 27.03.2024, 20:00
29 mart kuni Toshkentda "Avtomobilsiz kun" tadbiri o`tkaziladi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi tomonidan joriy yilning 29 mart, juma kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” tadbiri o`tkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Bu O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi “O`zbekiston – 2030 strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo`llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risida”gi 37-son Farmoniga muvofiq amalga oshiriladi.

"Avtomobilsiz kun"ni o`tkazishdan asosiy maqsad sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlashtirish masalalariga jamoatchilik e`tiborini qaratishdir.

Ekologiya vazirligi barchani "Avtomobilsiz kun"ga befarq bo`lmaslikka, shaxsiy avtomobillar o`rniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar etkazadigan transport vositalaridan foydalanishga chaqirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1