1

Xorazmda ikki kelin sarpolarini erining uyidan MIB orqali qaytarib oldi

Jamiyat 27.03.2024, 21:58
Xorazmda ikki kelin sarpolarini erining uyidan MIB orqali qaytarib oldi

Xorazm viloyati Bog`ot tumanida ikki kelin o`z sarpolarini erining uyidan MIB orqali qaytarib oldi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo`yicha Bog`ot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor G`.A.dan undiruvchi M.T.ning foydasiga 17 turdagi mol-mulklarini olib berish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati byuroning Bog`ot tuman bo`limi ish yurituviga kelib tushadi. Bo`lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida undiruvchining mol-mulklari to`liqligicha o`ziga olib berildi va ijro hujjatining ijrosi tamomlandi.

Shuningdek, ushbu sudning qarzdor R.M.dan undiruvchi B.S.ning foydasiga 53 xil turdagi 26,4 million so`mlik mol-mulklarini olib berish to`g`risidagi ijro hujjati byuroning Bog`ot tumani bo`limi ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida undiruvchining mol-mulklari to`liqligicha o`ziga olib berilib, ijro hujjatining ijrosi ta`minlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1