Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o`zaro janjallashganligi aks etgan video tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB axborot xizmati hodisa tafsilotlarini ma`lum qildi:
Ma`lum qilinishicha, bugun, 27 mart kuni taxminan soat 16.00 larda Yashnobod tumani, Farg`ona yo`li 3-berk ko`chasida 5 nafar fuqarolar 1986 yilda tug`ilgan E.A. va 1993 yilda tug`ilgan X.A. bilan o`zaro janjallashib ketganligi aniqlangan.
Janjal natijasida E.A. va X.A.lar tan jarohati olib tibbiyot muassasasiga murojaat qilishgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.