1

Dushanbeda “Krokus” teraktida ayblanayotganlarning yaqinlari so`roq qilinmoqda

Dunyo 28.03.2024, 10:37
Dushanbeda “Krokus” teraktida ayblanayotganlarning yaqinlari so`roq qilinmoqda

Dushanbeda Moskvadagi Crocus City Hall binosiga uyushtirilgan hujumda ayblanayotganlarning yaqinlari bilan tergov tadbirlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda Reuters va RIA Novosti Tojikiston xavfsizlik xizmatidagi manbalarga tayanib.

Reuters suhbatdoshlarining aniqlik kiritishicha, rossiyalik tergovchilar 26 mart kuni Dushanbega kelib, hibsga olingan to`rt nafar Tojikiston fuqarosining yaqinlarini so`roqqa tutgan. Rossiya tomonining iltimosiga binoan ularning oilalari Tojikiston poytaxtiga Vaxdat va Hisor shaharlari hamda Rudakiy viloyatidan olib kelingan.

RIA Novosti manbasi yaqinlar Rossiya yoki Tojikiston xavfsizlik kuchlari tomonidan so`roq qilinganiga aniqlik kiritmaydi. Uning so`zlariga ko`ra, tergovning borishi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon nazoratida, u har kuni tergov jarayoni bo`yicha barcha ma`lumotlarni oladi.

22 mart kuni Moskvadagi Crocus City Hall binosida terakt sodir bo`ldi. Oxirgi ma`lumotlarga ko`ra, terakt oqibatida 139 kishi halok bo`lgan, 182 kishi jarohatlangan. Hujum uchun javobgarlikni IShID guruhi o`z zimmasiga olgan. FSB 11 gumondorning hibsga olingani, ulardan 8 nafari 22 maygacha hibsga olingani haqida xabar berdi. Tergov ma`lumotlariga ko`ra, ulardan besh nafari Tojikiston fuqarolari, yana ikki nafari Rossiya fuqaroligini olgan respublika fuqarolari, yana bir nafari esa Rossiya fuqaroligini olgan Qirg`iziston fuqarosi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1