1

Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etib yurgan andijonlik erkak qidirilmoqda

Jamiyat 28.03.2024, 12:43
Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etib yurgan andijonlik erkak qidirilmoqda

Terrorchilik tashkiloti a`zosi bo`lgan andijonlik fuqaro qidirilmoqda. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Dilshod Abdullaev 1982 yil Andijon viloyatining Izboskan tumanida tug`ilgan. U 2018 yilda Janubiy Koreyaga boradi va “Javhad an nusra” xalqaro terroristik tashkilotning tarkibiy bo`linmasi hisoblangan “Tavhid va jihod katibasi” guruhining g`oyaviy etakchilari ta`siriga tushib qoladi. Ushbu tashkilot g`oyalarini qo`llab-quvvatlab, Janubiy Koreyadan Turkiyaga, u erdan  Suriyaga o`tib, terrorchilik tashkiloti tarkibida faol jangovar harakatlarda qatnashib kelgan.

Dilshod Abdullaev hozirda ham jangovar harakatlarda ishtirok etib kelayotgani aniqlangan. Olib borilgan surishtiruvlar natijasida unga nisbatan 2023 yilda jinoyat ishi qo`zg`atilib, qidiruv e`lon qilingan.   
 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1