1

Kinematografiya agentligi direktoriga o`rinbosar tayinlandi

Jamiyat 28.03.2024, 22:22
Kinematografiya agentligi direktoriga o`rinbosar tayinlandi

Xodjaev Alisher Jo`raqulovich Kinematografiya agentligi direktori o`rinbosari etib tayinlandi.

Ma`lumot uchun: Alisher Xadjaev 1963 yili Toshkent viloyatida tavallud topgan bo`lib, 1985 yili Samarqand davlat universitetini fizika o`qituvchisi mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan.Xo`jaev 1985—1993 yillarda O`zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tekshirish institutlari, ishlab chiqarish birlashmalarida faoliyat olib borgan. 1993—1996 yillarda NKK firmasida tizim muhandisi bo`lib ishlagan.

Alisher Xo`jaev 1996 yildan rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan. Jumladan, 1998 yilga qadar «KomUzAziya» kompaniyasida, 1998—2001 yillarda esa UzPAK kompaniyasida bosh direktor lavozimida mehnat qilgan.

2001—2002 yillarda O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o`rinbosari, 2002—2005 yillarda O`zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi (hozirgi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi)ning rahbari o`rinbosari sifatida faoliyat ko`rsatgan.

U fevral oyi avvalida MTRK raisi lavozimidan ozod etilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1