AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor boshlandi

'Shavkat Mirziyoev raisligida  videoselektor boshlandi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Davlatimiz rahbari viloyat va tuman hokimlarining qurilish, kommunal va ekologiyaga javobgar o`rinbosarlari, vazirlik va idoralar tizimidagi mas`ul rahbarlarning bu boradagi faoliyati ko`rib chiqilgani, ulardan 30 nafariga nisbatan intizomiy jazo ko`rilganini qayd etdi.

Jumladan, Kasbi, Qarshi, Baxmal, To`raqo`rg`on tumanlari hokim o`rinbosarlari ishdan olindi, ushbu tumanlar hokimlarining, 6 ta viloyat hokimining o`rinbosarlari va boshqa rahbarlarga “hayfsan” berildi. Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.

Bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup ko`chat ekish belgilangan.

Lekin, aksariyat viloyat va tumanlarda daraxt ekadigan joylar haligacha belgilanmagani, sug`orish va ko`chatga pul ajratilmagani tanqid qilindi.

Masalan, bog` uchun Qoraqalpog`istonda 47 gektar, Namanganda 25 gektar va Qashqadaryoda 26 gektar ajratilib, ishlar boshlab yuborilgan. Lekin Andijon, Buxoro, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari haligacha qaror qabul qilmagan.

Ayniqsa, Taxiatosh, Mirzacho`l, Zafarobod, Sharof Rashidov, Sirdaryo, Oqoltin, Xovos, Sardoba, Guliston, Xonobod, Guliston, Termiz, Yangiyo`l shaharlari, Toshkent shahrining 12 ta tumanida ko`chat ekish rejasi 30 foizga ham bajarilmagan.

 

    Boshqa yangiliklar