1

Toshkent viloyatida odam o`g`irlab, undan pul talab qilgan jinoiy guruh ushlandi

Jinoyat 29.03.2024, 16:04
Toshkent viloyatida odam o`g`irlab, undan pul talab qilgan jinoiy guruh ushlandi

IIV Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan bosqinchilik va odam o`g`irlash jinoyatlarini rejalashtirgan uyushgan jinoiy guruhning harakatlariga chek qo`yildi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar qildi.

Aniqlanishicha, 1988 yilda Samarqand shahrida tug`ilgan shaxs 2001 yilda tug`ilgan fuqaroni noqonuniy yo`llar bilan AQShga yuborishni va`da qilib, undan 36 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan. Biroq Meksika orqali AQShga o`tmoqchi bo`lgan fuqaro chegara xizmati tomonidan qo`lga olinib O`zbekistonga deportasiya qilingan. Shundan so`ng u sarflangan pullarini qaytarishni talab qilib, 18 ming AQSh dollarini oladi.

slider

Uddaburon tadbirkor mijozining bu harakatlaridan keyin unga nisbatan adovati uyg`onib, Toshkent shahrida yashovchi 1979 yilda tug`ilgan shaxs bilan o`zaro til biriktirib, Meksikadan qaytgan fuqaroni o`g`irlab undan pul talab qilishni rejalashtiradi.

IIV tezkor qidiruv departamenti Jinoyat-qidiruv xizmati Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Yuqorichirchiq tumanidagi dalahovliga o`g`irlab kelingan shaxsni va buyurtmani bajarish uchun talab qilingan pullarni qabul qilib olgan jinoiy guruh a`zolari ushlandi. Ulardan maxsus ishlov berilgan pullar va qo`rqitish uchun saqlab kelingan metalldan yasalgan soxta pistolet ashyoviy dalil sifatida olindi.

Holat yuzasidan JKning 164-moddasi 2-qismi "b" bandi,(bosqinchilik) va 137-moddasi 2-qismi "b" bandi (odam o`g`irlash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Hozirda IIV Tergov departamenti tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1