AsosiyJamiyat

Buxoroda 22 tup daraxt kesgan shaxslar jarimaga tortildi

'Buxoroda 22 tup daraxt kesgan shaxslar jarimaga tortildi'ning rasmi

Buxoro viloyatining Qorako`l tumanida 22 tup manzarali daraxtni kesgan uch kishi 171 million so`mdan ortiq jarimaga tortildi.

Bu haqda Viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi boshqarmasining ma`lum qildi.

Tumandagi “Xo`jalar” MFY hududida daraxtlarning kesilishi bilan bog`liq videomurojaat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, viloyat prokuraturasi hamda Qorako`l tuman IIB bo`limi bilan hamkorlikda o`rganish ishlari olib borilgan.

Olib borilgan o`rganish ishlari davomida 3 nafar fuqaro tomonidan har xil o`lchamdagi 22 tup manzarali daraxtni kesib tashlagani aniqlangan.

Huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga  nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tabiatga etkazilgan zarar  uchun 146 million 200 ming so`m hamda 25 million 500 ming so`m jarima undirish belgilandi.

    Boshqa yangiliklar