2024 yil 1 apreldan boshlab avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini ro`yxatdan o`tkazish va qayta ro`yxatdan o`tkazishda undiriladigan to`lov stavkalari — elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini ro`yxatdan o`tkazish va qayta ro`yxatdan o`tkazish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to`lov belgilanmoqda. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalaridan boshqa barcha avtotransport vositalarini ro`yxatdan o`tkazish va qayta ro`yxatdan o`tkazish uchun esa – bazaviy hisoblash miqdorining 6,84 baravari miqdorida to`lov belgilanmoqda.






