1

Yaradorlar shahardagi shifoxonalarga etkazilgan

Dunyo 31.03.2024, 20:46
Yaradorlar shahardagi shifoxonalarga etkazilgan

Ayni damda Turkiyada bo`lib o`tayotgan munisipal saylovlar paytida odamlar orasida janjal sodir bo`ldi va oqibatda ikki kishi vafot etdi. Bu haqda "Cumhuriyet" nashri xabar berdi.

Birinchi holatda Diyorbakir viloyati Sur tumanidagi Og`ochlidara mahallasida sodir bo`lgan.  Munisipal saylovlar uchun ovoz berish vaqtida to`polon boshlangan. Mushtlashuv chog`ida tosh, tayoq va to`pponcha ishlatilgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hodisa oqibatida bir kishi – 44 yoshli Emin Chelik hayotdan ko`z yumgan, 11 kishi jarohatlangan. Yaradorlar shahardagi shifoxonalarga etkazilgan. 

Mushtlashuv vaqtida hududga yuborilgan tez yordam mashinalaridan ikkitasi otilgan toshlardan zarar ko`rgan. Mudhish hodisaga nima sabab bo`lgani hozircha noma`lum. Jandarm guruhlari hududda xavfsizlik choralarini davom ettirmoqda.  

Shuningdek, Bursa viloyatida ham mushtlashuv bo`lgan, bir kishi o`lgan, yana ikki kishi yaralangan. Mojaroga 32 yoshli Yusuf Yigit ismli shaxsning ikki qarindoshi davlat lavozimiga nomzod qilib ko`rsatilganiga qaramay, saylovda boshqa mahalliy urug`dan bo`lgan nomzodni qishloq mudirligiga qo`llab-quvvatlagani sabab bo`lgan. Yigit bilan ikki amakivachchasi o`rtasida  janjal kelib chiqqan va oqibatda qarindoshlardan biri qurol olib, o`t ochgan. Yigit voqea joyida vafot etgan, ikki kishi jarohat olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1