1

2025 yilda SpaceEye-T tomonidan ishlab chiqilgan sun`iy yo`ldoshni ishga tushirish rejalashtirilmoqda

Dunyo 01.04.2024, 12:13
2025 yilda SpaceEye-T tomonidan ishlab chiqilgan sun`iy yo`ldoshni ishga tushirish rejalashtirilmoqda

Janubiy Koreya Respublikasining er resurslari boshqaruvi va kadastr tizimi LX Office  Korporasiya tomonidan o`tkazilgayotgan o`zaro hamkorlik doirasida Janubiy Koreyaning sun`iy yo`ldoshli erni kuzatish tendensiyalari, texnologiyalari va istiqbollari to`g`risidagi seminar doirasida, ushbu mamlakatda amalga oshirilgan ishlar va yaqin kelajakka qilingan rejalaribilan tanishib chiqildi. Geoinfokom DUK direktor o`rinbosari Sardor Omonov bu haqdagi yangiliklar bilan o`rtoqlashdi.

Hususan, SIIS - kompaniyasi tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar va bajarilgan loyihalar bilan tanishib chiqildi. Ushbu kompaniya haqida qisqacha tarif beradigan bo`lsak, mazkur kompaniya Janubiy Koreyaning kosmik suratlarni qayta ishlash va bu yo`nalishda xizmat ko`rsatuvchi yirik kompaniyalar biri hisoblanadi.Kompaniya, sun`iy yo`ldosh tizimlarini eksport qiluvchi va hozirda Janubiy Koreyaning aerokosmik tadqiqotlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan Arirang sun`iy yo`ldosh tasvirlarini global tijorat orqali etkazib berish uchun javobgar hisoblanadi. Kompaniya 2025 yilda SpaceEye-T tomonidan ishlab chiqilgan sun`iy yo`ldoshni ishga tushirish rejalashtirmoqda.

Bugungi kunda mazkur kompaniya bir nechta davlatlar bilan hamkorlik qilmoqda. Kompaniya tomonidan kosmo suratlarni taqdim etish, ularni o`zaro solishtirish, o`zgarishlarni aniqlash, qolaversa kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan “Sun`iy yo`ldosh tasvirlari platformasi”ga foydalanishga ruxsat berish orqali tegishli xizmatlar ko`rsatish yo`lga qo`yilgan.

Sun`iy yo`ldosh tasvirlari Er nazorati, Qishloq ho`jaligi, Mudofaa, Shaharsozlik, O`rmon Xo`jaligi, Xarita yaratish, Tabiiy ofatni kuzatish yo`nalishlarida keng foydalaniladi.

Tasvirlardan foydalanish orqali quyidagi vazifalarni amalga oshirish imkoniyatini beradi:

* Global qamrov;

* Keng ko`lamli ma`lumotlarni yig`ish;

* Ma`lumotlarni muntazam va o`z vaqtida yig`ish;

* Favqulodda vaziyatlarga tezkor javob;

* Iqtisodiy samaradorlik;

* Boshqa texnologiyalar bilan integrasiya qilish.

Mazkur “Sun`iy yo`ldosh tasvirlari platformasi”da ko`p kulayliklar mavjud bo`lib, shulardan, Geokuzatuv alohida ahamiyatga ega. Geokuzatuv - bu erni kuzatish ma`lumotlariga oson va tez kirish uchun eng yaxshi veb-xizmat hisoblanadi.

Xususiyatlari:

• O`z veb-sayt yaratish;

• Tez vizualizasiya;

• Ma`lumotlarni ko`rish va tahlil qilish;

• Qulay qidiruv tizimi;

• Nafaqat metadata, balki mintaqaning har qanday nomi bilan qidirish

• Ma`lumotlarni oson almashish;

• Rasm yoki hududning havolasini nusxalash va elektron pochta yoki SMS orqali olish.

Yuqorida qayd etilgan kompaniya bilan hamkorlikda kosmik suratlarni qayta ishlash orqali O`zbekiston Respublikasi hududida erlarning o`zgarishi va er qonunbuzilish holatlarini aniqlashda samarali foydalanishni yo`lga qo`yish mumkin. Dastlabki bosqichda ushbu kompaniyaning kosmik suratlardan foydalangan holda Kadastr agentligi tomonidan ishlab chiqilib, ishga tushirilgan “E-YER NAZORAT” axborot tizimiga joylash, va buning natijasida joylardagi o`zgarishlarni aniqlash, oldini olish bo`yicha tezkor choralar ko`rishda keng ko`lamda foydalanish mumkin.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1