O`zgidromet xabariga ko`ra, bu yil aprel oyi quruq va o`rtacha iliq ob-havo bilan boshlanadi.
Birinchi besh kunlikda havo 15-20 daraja iliqqacha isiydi, kechalari harorat 5-10 daraja iliq atrofida bo`ladi.
Aprel oyining birinchi o`n kunligining ikkinchi yarmida harorat asosan kechalari 8-13 daraja iliq, kunduz kunlari 18-23 daraja iliq bo`ladi.
2-3 aprel kunlari respublika hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo kirib keladi. 2 aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Jizzax viloyatlarida, 3 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
1-3 aprel kunlari havo harorati 15-20 daraja atrofida bo`ladi.
4-5 aperlda O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, harorat 18-23 daradagacha, ba`zi joylarda 25 darajagacha ko`tariladi.
Kechalari harorat asosan 5-10 daraja bo`ladi.
Tog`li hududlarda 2-4 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, baland tog`larda qor) bo`ladi, qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.
Poytaxtda: 1-2 va 4-5 aprel kunlari yog`ingarchilik kutilmaydi.
3 aprelda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
Harorat 1-3 aprelda 16-19 daraja, 4-5 aprelda 19-22 daraja bo`ladi. Harorat asosan kechalari 5-10 daraja bo`ladi.
Ikkinchi va uchinchi o`n kunliklarda harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqdan 25-30 darajagacha o`zgarib turadi.
Oylik yog`ingarchilik miqdori me`yordan kam, ba`zi joylarda me`yor atrofida bo`ladi.






