AsosiyDunyo

U avval uchta eng baland tog`ga ham “xolodelnik” bilan chiqqan

'U avval uchta eng baland tog`ga ham “xolodelnik” bilan chiqqan'ning rasmi

Staffordda istiqomat qiluvchi Maykl Kouplend ilgari armiyada xizmat qilgan va keyinchalik u bodibilding bilan shug`ullangan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

O`tmishda u Angliya, Shotlandiya va Uelsdagi uchta eng baland tog`ga chiqqan va buni elkasidagi muzlatgich bilan bajargan.

Keyinchalik uning tanlovi Afrikaning eng baland nuqtasi, harakatsiz Kilimanjaro vulqoniga to`g`ri keldi. Uning so`zlariga ko`ra, tog`ning tanlanishi unga arqon va boshqa jihozlarsiz chiqish mumkinligi bilan bog`liq.

Erkakning yurishi xayriya uchun mablag` yig`ish, shuningdek, ruhiy kasalliklardan xabardorlikni oshirish kampaniyasining bir qismi edi.

“15 yoshimdan beri o`z oldimga turli maqsadlar qo`yganman, endi ular mening shaxsiyatimning bir qismiga aylandi. Jismoniy qiyinchiliklar men uchun o`zimga ishonchsizlikni engishimning bir usuli. Jismoniy mashqlar qilib, tabiat qo`ynida bo`lsam, o`zimni eng yaxshi his qilaman”, deb tushuntirdi Kopeland.

    Boshqa yangiliklar