Majburiy ijro byurosi Chimboy tuman bo`limi ish yurituvidagi sud buyrug`iga asosan qarzdor R.A.dan undiruvchi S.D foydasiga aliment undirish belgilangan. Qarzdor aliment pullarini to`lashdan qochib yurganligi sababli bo`lim davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan qidiruv e`lon qilingan.
Qarzdor R.A.ning qo`shnilari va yaqinlarining aytishicha, Qozog`iston Respublikasiga 2019 yili chiqib ketgan.
Shunga qaramasdan, qarzdor shu kunga qadar sud qarorini pisand qilmasdan, go`yoki Qozog`iston Respublikasidan qaytib kelmaydigandek aliment pullarini o`z farzandlariga to`lab kelmagan.
Byuroning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv shu`basi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining birida qarzdor R.A. kasal ahvolda o`z uyida ekanligi ma`lum bo`lgan.
01.04.2024 23:14
Qidiruvdagi alimentdan qarzdor farg`onalik ota uyidan topildi






