AsosiyJamiyat

Uchta viloyatdagi metan zapravkalarda gaz narxi oshirilgani aniqlandi

'Uchta viloyatdagi metan zapravkalarda gaz narxi oshirilgani aniqlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “metan zapravka”larda gaz narxi 3 800 so`mga ko`tarilgani haqida xabarlar e`lon qilindi.

Ushbu holat Energetika vazirligi huzuridagi “O`zenergoinspeksiya” tomonidan zudlik bilan o`rganildi.

Ma`lum bo`lishicha, bu holat Farg`ona shahridagi avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchasida kuzatilganligi aniqlangan.

“O`zenergoinspeksiya”ning Farg`ona viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu AGTKSh mas`ullariga tushuntirish ishlari o`tkazildi va “metan” gazning 3 350 so`mdan sotilishi ta`minlandi.

Bugun, shuningdek, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida ikkita AGTKShda shunday holat kuzatilgan bo`lib, ular ham “O`zenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari tomonidan bartaraf etilgan.

Agar AGTKShlarda tabiiy gaz asossiz ravishda qimmat narxlarda sotilayotganiga guvoh bo`lganda, quyidagi manzillarga murojaat qilish so`raladi:

➖Bosh prokuraturaning telegram boti @EnergonazoratBot va ishonch telefoniga 71-232-10-07;

➖“O`zenergoinspeksiya”ning telegram boti @energoInspeksiya_bot va ishonch telefoniga 71-200-02-86;

➖Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasining ishonch telefoniga 71-207-47-00.

    Boshqa yangiliklar