AsosiyJamiyat

Andijonda “bank xodimi” qo`lga tushdi

'Andijonda “bank xodimi” qo`lga tushdi'ning rasmi

Andijon shaharida o`zini bank xodim deb tanishtirgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

Departamentning Andijon shahar bo`lim tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Sh.X. fuqaro S.R.ga o`zini go`yoki TIF “Milliy bank” Andijon viloyati filiali xodimi deb tanishtirib, ushbu bankda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 50 mln so`m evaziga 500 mln so`m ipoteka krediti ajratib berishini aytib,  ushbu pullar hisobidan 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.


 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar